Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Aloqa telefon raqami (+998 71) 212-61-41

"Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari" mavzusida seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana:  ...
18 Mar 2024

Markaziy bankning 2024 yil 16 yanvardagi 68-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “Markaziy bank markaziy apparati, hududiy bosh boshqarmalari hamda tasarrufidagi korxonalar xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil etish bo‘yicha dastur” ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil 18 mart kuni Axborotlashtirish Bosh Markazida “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

image002

Seminarda qo‘yidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

  • Korrupsiya tushunchasi, uning shakllari va sabablari.
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik.
  • Markaziy bankda korrupsiyaga qarshi kurashishga doir ichki hujjatlar.
  • Korrupsiyaviy harakatlar uchun javobgarlik.
  • Markaziy bank xodimlarining mehnat shartnomasida belgilangan korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan majburiyatlari.

image003

image004

Jumladan, o‘quv seminarida barcha xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda xodimlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Kelajakda ushbu mavzu bo‘yicha yanada tadbirlar rejalashtirilganligi ta’kidlandi.

Matbuot markazi

Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X